AsosiyDunyo

Qozog`istonda portlash sodir bo`ldi (Video)

'Qozog`istonda portlash sodir bo`ldi  (Video)'ning rasmi

Qozog`iston janubidagi harbiy qismda portlash sodir bo`ldi, aholi evakuasiya qilinmoqda. Qozog`istonning Arsi shahrida joylashgan 44856-sonli harbiy qismning omborxonasida kuchli portlash sodir bo`ldi.

Portlash bugun ertlab soat 9:20 da sodir bo`lgan. Mahalliy aholi kuchli portlash, olov va tutunni kuzatimoqdda va hatto osokolkalar hushtak chalib uchib o`tishi ham eshitilmoqda. Portlash aholi turar joylariga yaqin joyda sodir bo`lgani tufayli aholi tezkorlik bilan o`z transport vositalarida Chimkent shahriga chiqib ketishga harakat qilmoqda.

Shuningdek, Turkiston viloyati akimati va favqulodda vaziyatlar vazirlgi aholiga yordam ko`rsatish choralarini ko`rmoqda. Xususan xavfsiz joylarda 15ta evakuasiya punktlari ochilgan va odamlar u erlarga evakuasiya qilinmoqda. Evakuasiyada 40ta avtobus ishtirok etmoqda. Ma`lumot uchun Arsi shahrida 43 ming kishi yashaydi.

Bevosita yong`in sodir bo`lgan joyda 75 nafar o`t o`chiruvchilar va 16 ta yong`in o`chirish texnikasi va kinologlar brigadasi ishlamoqda.






Boshqa yangiliklar