1

Yaponiyadagi musobaqa vakillarimiz uchun omadsiz boshlandi

Sport 06.12.2014, 11:36
Yaponiyadagi musobaqa vakillarimiz uchun omadsiz boshlandi
Yaponiyaning Tokio shahrida dzyudo bo`yicha Katta dubulg`a turkumiga kiruvchi turnir start oldi. Dastlabki kun bahslarida hamyurtlarimizdan Diyorbek O`rozboev hamda Rishod Sobirov tatamiga chiqishdi. 
Diyorbek ilk bellashuvda amerikalik Aaron Kunixironi taslim etdi. Biroq ikkinchi davrada jahon reytingini boshqarib kelayotgan mo`g`ilistonlik Boldbaatar Ganbatga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Rishod Sobirov ham dastlabki bahsda iroqlik Kadim Kadimni dog`da qoldirdi, lekin uchinchi davrada ukrainalik Georgi Zantarayaga qarshi bahsda omad etishmadi. 
Ertaga -73 va -81 kilogramm vazn toifasidagi yurtdoshlarimiz ishtiroklarini boshlashadi. 
SPORTS.UZ

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1