1

Amputantlar o`rtasida JCh. O`zbekiston Angolaga yutqazib qo`ydi

Sport 06.12.2014, 11:38
Amputantlar o`rtasida JCh. O`zbekiston Angolaga yutqazib qo`ydi

Meksikada bo`lib o`tayotgan amputantlar o`rtasidagi jahon chempionatida yarim finalchilar nomi ma`lum bo`ldi. Afsuski, O`zbekiston terma jamoasi chorak finalda kutilmaganda Angolaga yutqazib qo`ydi.

Afrikaliklar tomonidan tanlangan taktika ularga g`alaba keltirdi. O`yinning 21-daqiqasida olis masofadan urilgan golgan vakillarimiz javob qaytara olishmadi (o`yin 25 daqiqadan 2 taym davom etadi). Shu tariqa, so`nggi 3ta JChda g`oliblikni qo`lga kiritgan O`zbekiston u safar "taxt"ni topshiradigan bo`ldi.

Rossiya terma jamoasi Braziliyani 4:0 hisobida mag`lub etgan bo`lsa, Turkiya ham Gaiti ustidan yirik hisobda (3:0) zafar quchdi. Polsha terma jamoasi Argentina mag`lub etib (2:1), yarim finalga chiqdi. Yarim finalda Angola-Turkiya, Rossiya-Polsha o`yinlari o`tkaziladi.

O`zbekiston terma jamoasi va chorak finalda yutqazgan boshqa jamoalar 5-8-o`rinlar uchun bahs olib borishadi.

Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1