AsosiySport

Qishki Olimpiya o`yinlari o`tkaziladigan shaharlar nomi ma`lum bo`ldi

'Qishki Olimpiya o`yinlari o`tkaziladigan shaharlar nomi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro olimpiya qo`mitasining 134-sessiyasi ish boshladi. Unda 7 yildan so`ng bo`lib o`tadigan qishki Olimpiya o`yinlariga mezbon shahar nomini aniqlash masalasi ko`rildi.

2026 yili o`tkaziladigan Olimpiadaga nomzod shaharlar orasida Italiyaning Milan va Kortina d'Ampesso (birgalikda) hamda Shvesiyaning Stokgolm shaharlari asosiy da`vogarlardan bo`ldi. Yakuniy ovoz berish natijalariga ko`ra, 2026 yilning 6-22 fevral kunlari o`tkaziladigan XXV qishki Olimpiya o`yinlari Milan va Kortina d'Ampesso shaharlarida o`tkazilishi e`tirof etildi.

Eslatib o`tamiz, 2022 yili o`tadigan XXIV qishki Olimpiada Xitoyning Pekin shahrida o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar