Shu kunlarda AQSh va Eron o`rtasidagi geosiyosiy kurashning yangi raundi davom etmoqda, bu esa fors ko`rfazidagi vaziyatning yanada qaltislashuviga sabab bo`lmoqda, deb xabar berdi Euronews.com. nashri.
Qo`shma shtatlar Eron oliy rahbariyatiga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishini ma`lum qildi. Qora ro`yxatdan mamlakat oliy diniy rahnamosi Ali Xomaniy va bir qator harbiy rahbarlar o`rin olgan. Prezident Donald Tramp ushbu qarorini munosabatlarning sovuqlashuvi va Eronning agressiv harakatlariga javob chorasi ekanini ma`lum qildi. “Biz Tehronga qarshi bosimni kuchaytirishda davom etamiz, bu rejim o`zining xavfli faoliyati va ambisiyalaridan voz kechmaguncha davom etadi, deya ta`kidladi.”
Ushbu sanksiyalar tufayli Eron rahbariyati Amerika moliyaviy tizimlaridan foydalanish huquqini yo`qotadi. Ushbu jarayonga fikr bildirgan Eron tashqi ishlar vazirligi “AQShning Eronga qarshi saksiyalari” diplomatik kanallarning butunlay yopilishiga sabab bo`lishini ma`lum qildi.






