AsosiyDunyo

Bugun to`liq quyosh tutilish hodisasi ro`y beradi

'Bugun to`liq quyosh tutilish hodisasi ro`y beradi   'ning rasmi

Har yili bir necha marotaba quyosh tutilish holati ro`y beradi. Bu haqda Gazeta ru. nashri xabar berdi.

2019 yilda esa sayyoramiz aholisi umumiy hisobda ushbu astronomik hodisaning uch marotaba guvohiga aylanadi. 6 yanvar kuni kuzatilgan va 26 dekabrda ro`y berishi kutilayotgan quyosh tutilishidan farqli ravishda 2 iyul kungi quyosh tutilishi to`liq ro`y beradi va 4 daqiqayu 33 soniya davom etadi.Quyosh, Er va Oyning bir chiziqqa turib qolishi tutilish deyiladi va bu tabiat hodisasi hisoblanadi. Agar tutilish yuz bergan paytda Oy yangi chiqqan bo`lsa Quyosh, agar to`lin oy fazasida bo`lsa Oy tutiladi.

Tutilish xususiyati Oyning Erdan uzoqligiga bog`liq bo`ladi, bu masofa har safar o`zgarib turadi. Ushbu hodisa Moskva vaqti bilan soat 22:23 ro`y beradi.Tinch okeanining janubiy- sharqiy mintaqasi, Chili va Argentina fuqarolari quyosh tutitilishi hodisasini yaqol kuzatishlari mumkin. Odatda quyosh tutilishidan ikki hafta o`tgandan so`ng fazoda oy tutilish hodisasi ro`y beradi. Moskva planetariyasi ma`lumotlariga ko`ra Er tabiiy yo`ldoshining bu yilgi tutilishi 17 iyul kuni ro`y beradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar