Eron boyitilgan uran zahirasi miqdorini “yadro kelishuvi” da belgilangan miqdordan ko`paytirgani ma`lum bo`ldi. Buni MAGATE vakillari tasdiqladi. Bu haqda Euronews.com. nashri xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra Tehron zaxiralarni ruxsat etilgan 300 kg lik ko`rsatkichdan oshirgan. Biroq boyitilgan urun zaxiralari aniq qancha miqdorga ko`paytirilgani borasida ma`lumotlar mavjud emas. Bu rasmiy Tehronning Vashingtongga nisbatan o`ziga xos javob chorasidir. Eslatib o`tamiz, AQSh o`tgan yilning may oyidan e`tiboran Eron yadro dasturi bo`yicha kelishuvidan bir tomonlama chiqib ketgan edi. Vashington Islom Respublikasini majburiyatlarni bajarmayotganlikda ayblab, unga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etgan edi.
Evropa Ittifoqi bunday harakatlarni qat`iyan qoraladi va kelishuvni saqlab qolish bo`yicha barcha choralarni ko`rishni ma`lum qilgandi. “Evropaliklar etarlicha harakat qilishmadi. Shuning uchun Islom respublikasi o`z oldiga qo`ygan rejalarni amalga oshirishga kirishdi. Birinchi fazada- boyitilgan uran va og`ir suv zaxirasi ko`paytiriladi, ikkinchi fazada esa boyitilgan uran xajmini belgilangan miqdorda 3,67 foizga oshiramiz”, - deya ta`kidladi Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javdad Zarif.






