AsosiyDunyo

Londonda samolyotdan sakragan chiptasiz yo`lovchi halok bo`ldi

'Londonda samolyotdan sakragan chiptasiz yo`lovchi halok bo`ldi 'ning rasmi

Londonning Xitrou aeroporti yaqinidagi bog`lardan birida erkak kishining jasadi topildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Taxminlarga ko`ra ushbu chiptasiz yo`lovchi “Keniya havo yo`llari” samolyotidan sakragan vaqtda vafot etgan. Britaniya polisiyasi ma`lumotlariga ko`ra, ushbu shaxs samolyot shassi qismiga yashiringan holda parvoz etgan. Samolyot Xitrou aeroportiga yaqinlashib qo`nishga tayyorgarlik ko`rish chog`ida esa u sakragan va voqea joyida vafot etgan. Avialaynerni ko`zdan kechirish vaqtida uning shassi qismidan sumka va uncha ko`p bo`lmagan oziq- ovqat zaxirasi topilgan. Ayni damda polisiya erkak kishining shaxsini aniqlash bo`yicha ish olib bormoqda.

Nayrobi aeroportida voqeani tergov qilish yuzasidan maxsus ishchi guruh tuzilgan. Elatib o`tamiz, Nayrobi va London o`rtasidagi masofa 6840 km bo`lib parvoz 9 soatga yaqin davom etadi. Keniya havo yo`llari yuz bergan voqea munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Hamda vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida hukumat bilan hamkorlikda ishlayotganini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar