AsosiyDunyo

Rossiyada 14 nafar harbiy dengizchi halok bo`ldi (Video)

'Rossiyada 14 nafar harbiy dengizchi halok bo`ldi (Video)'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin 14 nafar dengizchining halok bo`lishi mamlakat floti va butun armiya uchun katta yo`qotish ekanligini ta`kidladi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Voqeani shaxsan o`rganishni mudofaa vaziri Sergey Shoygu zimmasiga yukladi. Rossiya shimoliy flotiga tegishli bo`lgan suv osti apparati bortida yong`in ro`y berishi natijasida 14 nafar harbiy dengizchi halok bo`ldi. Fojia Severomorskdan uncha uzoq bo`lmagan Rossiya hududiy suvlarida ro`y berdi. Yong`in ekipaj sa`yi- harakatlari bilan o`chirilgan shundan so`ng apparat portga qaytarilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, suv osti apparati Rossiya harbiy-dengiz floti manfaatlari yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan bo`lgan. Hozircha ushbu suv osti kemasi haqida to`liq ma`lumot berilmagan.

Ayrim manbalarga ko`ra, bu AS-12 atom suv osti kemasidir. U Rossiyaning eng maxfiy suv osti kemalaridan biri hisoblanadi. Rossiya prezidenti ro`y bergan fojia oqibatida halok bo`lganlarning oila- a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, ularga zarur yordam berish bo`yicha ko`rsatma berdi. Mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoyguga esa voqeani joyiga borib o`rganishni va fojia nima sababdan ro`y berganini aniqlashni topshirdi.


Boshqa yangiliklar