AsosiyDunyo

Liviyada migrantlar saqlanadigan markazga aviazarba berildi

'Liviyada migrantlar saqlanadigan markazga aviazarba berildi'ning rasmi

Liviya poytaxti Tripolidagi migrantlarni vaqtincha saqlash markaziga aviazarba berildi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan BMT Bosh kotibi mustaqil tergov o`tkazilishini talab etmoqda. Harbiy qism yaqinida joylashgan ushbu markazda asosan Afrikalik migrantlar saqlangan. Hujum oqibatida 44 nafar kishi halok bo`lgani, yana 130 nafari esa turli darajada tan jarohati olgani aytilmoqda.BMT ning inson huquqlari bo`yicha oliy komissari Mishel Bacheltning so`zlariga ko`ra, bu so`nggi uch oy mobaynida migrantlar markaziga uyushtirilgan ikkinchi hujumdir. Bachel mazkur avia hujumni harbiy jinoyat sifatida baholashini ma`lum qildi.

Ushbu markaz umumiy hisobda 600 nafar kishiga mo`ljallangan. May oyida BMT ning qochqinlar ishlari bo`yicha oliy komissari boshqarmasi urush harakatlari borayotgani sabab mahalliy hukumatdan migrantlarni evakuasiya qilishni so`ragan. Hozirda mamlakatda Xalifa Xaftar qo`mondonligidagi Liviya milliy armiyasi va BMT tomonidan tasdiqlangan milliy birlik hukumati kuchlari o`rtasida janglar davom etmoqda. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotiga ko`ra, jangovar harakatlar boshlanganidan buyon 650 kishi halok bo`lgan, yaralanganlar soni 3 500 nafardan oshgan.

    Boshqa yangiliklar