AsosiyDunyo

Minskda nishonlangan mustaqillik kuni mushakbozligida odamlar jabrlandi (Video)

'Minskda nishonlangan mustaqillik kuni mushakbozligida odamlar jabrlandi (Video)'ning rasmi

Belorus Respublikasi mustaqillik kuni munosabati bilan poytaxt Minskda tashkil etilgan mushakbozlikda bir nafar ayol halok bo`ldi yana besh nafar kishi esa shifoxonalarga yotqizildi.

Mamlakat sog`liqni saqlash vaziri Vladimir Karanikning so`zlariga ko`ra 1955 yilda tug`ilgan ayol shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan yordamga qaramasdan jarohatlari jiddiy bo`lgani tufayli voqea joyida halok bo`lgan. Jarohatlanganlarning besh nafari yaqin atrofdagi kasalxonalarga joylashtirilgan. Hozirda 1957 va 1995 yillarda tug`ilgan ikki nafar erkak hamon shifoxonada qolmoqda. Ularning ahvoli qoniqarli ekanligi aytilmoqda.

Ekspertlarning fikricha, zambarakka noto`g`ri joylashtirilgan snaryad zarur balandlikka ko`tarilmasdan turib portlab ketgan. Natijada esa yaqin atrofdagi kishilar snaryad bo`laklaridan jarohatlangan. Hozirda tergov qo`mitasi ayol kishining o`limi yuzasidan tekshiruv boshlangan. Jinoiy ish ochish masalasi esa o`rganib chiqilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda esa voqea yuz bergan jarayonlar aks etgan video tasvirlar tarqalmoqda.


Boshqa yangiliklar