AsosiyDunyo

Afg`onistonda yana portlash yuz berdi

'Afg`onistonda yana portlash yuz berdi'ning rasmi

Afg`onistonning G`azni shahrida portlovchi qurilmalar joylashtirilgan yuk mashinasini portlashi oqibatida kamida 12 kishi halok bo`lgan va 43 kishi jarohatlangan.

Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, halok bo`lganlar orasida sakkiz nafar polisiyachi va to`rt nafar tinch aholi vakillari bor.

Tolo News xabariga ko`ra, hujum yakshanba kuni Milliy xavfsizlik boshqarmasi idorasida amalga oshirilgan. O`z joniga qasd qilgan terrorchi yuk mashinasini portlatgan. Tolibon harakati portlash uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga oldi.

Jabrlanganlar orasida maktab o`quvchilari ham borligi aytilmoqda. Ularning holati haqida ma`lumotlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar