1

Pakiao va Algieri jangi translyasiyasi 400 mingdan kamroq abonentga sotildi

Sport 10.12.2014, 12:35
Pakiao va Algieri jangi translyasiyasi 400 mingdan kamroq abonentga sotildi

Avvalgi hafta Makaoda filippinlik Menni Pakiao Kris Algierini mag`lubiyatga uchratgandi. O`sha jangni AQShda to`g`ridan-to`g`ri tomosha qilish uchun 350-375 ming abonent sotib olgan. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

Bu kutilganidan ancha past natija sanaladi. Chunki jang Amerika uchun noqulay vaqtda boshlangan. Qolaversa, jang Makaoda o`tgani sababli uning reklamasi va yoritilishi yuqori darajada bo`lmagan. Lekin jangning o`zi tashkilotchilarga katta foyda keltirgan. Chunki Makaoda mahalliy hukumat bunga kafolat bergandi. Translyasiyadan 23 million dollar topilgan. Uning yarmi aloqa operatorlarga ketadi. Qolgan summa esa 72-28 ko`rinishida Pakiao va Algieriga bo`lib beriladi. 1,5 million dollar esa "HBO" telekanaliga nasib qildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1