Kongo demokratik respublikasining yirik shaharlaridan birida Ebola virusi bilan kasallanish bo`yicha ilk holat qayd etildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
Ushbu ma`lumotni Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tasdiqladi. O`ta yuqumli va xavfli bo`lgan virusning ikki million nafar aholi istiqomat qiluvchi va mamlakatning asosiy transport tarmog`i bo`lgan Gomada qayd etilishi ortidan tashkilot jiddiy tashvishda ekanligini ma`lum qildi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus bu holat virusning keskin tarqalib ketish xavfini oshirishini bu esa unga qarshi kurashishda mamlakatdagi vaziyatni yanada og`irlashtirishini ta`kidlamoqda.
Jamoatchilikning ishonchsizligi, siyosiy beqarorlik, noxolis va yolg`on xabarlar sabab virusga qarshi samarali kurashishda asosiy to`siq bo`lib qolmoqda. O`tgan yilning iyul oyidan e`tiboran mamlakatda ushbu o`ta xavfli virus bilan 2,5 mingga yaqin kishi zararlandi. Ularning 1600 dan ortig`i halok bo`ldi. BMT hozirda Ebolaga kurashni moliyalashtirishni ko`paytirishga chaqirmoqda.






