AsosiyDunyo

BMT OIV va OITS bo`yicha hisobotini e`lon qildi (Video)

'BMT OIV va OITS bo`yicha hisobotini e`lon qildi (Video)'ning rasmi

BMT OIV va OITS bo`yicha sayyoramizdagi vaziyatga bag`ishlangan o`zining hisobotini e`lon qildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Unda aytilishicha, o`tgan yili sayyoramizda 1,7 mln kishi OIV infeksiyasi aniqlangan.

OITS tufayli esa taxminan 770 ming kishi vafot etgan. Ta`kidlash joizki, 2018 yili OIV bilan zararlanganlar soni birinchi marta 2010 yilgi ko`rsatkichdan 16 % ga kamaygan. Bunday natijaga Janubiy Afrika mamlakatlarida virusga qarshi kurashda erishilgan yutuq orqali erishilgan. Jumladan, Janubiy Afrika respublikasida virus bilan kasallanish bo`yicha yangi holatlar 40 foizga kamaygan.

Shuningdek, OITS bilan bog`liq o`lim holatlari ham kamaygan. 2018 yili ushbu kasallik tufayli 770 ming kishi vafot etgan, bu 2010 yilgi ko`rsatkichga nisbatan 33 % ga kamdir. Hisobotda aytilishicha, OIV bilan kasallanishning xavfli o`sish darajasi Shaqiy Evropa mamlakatlari va Markaziy Osiyoda 29 % ko`rsatkich bilan qayd etilgan. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada bu ko`rsatkich 10% ni, Lotin Amerikasida 7 % tashkil etgan.


Boshqa yangiliklar