1

So`nggi 3 yilda bog`dorchilik sohasiga 750 million AQSh dollari miqdorida investisiyalar jalb etildi

Jamiyat 20.07.2019, 20:49
So`nggi 3 yilda bog`dorchilik sohasiga 750 million AQSh dollari miqdorida investisiyalar jalb etildi

Joriy yilning 18 iyul kuni O`zbekiston Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Qishloq xo`jaligi vazirligi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoevning “O`zbekiston Respublikasida bog`dorchilik va issiqxona xo`jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Qarori ijrosini ta`minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan press-brifing tashkil etildi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Vazirlikning Bog`dorchilik va uzumchilik boshqarmasi boshlig`i F. Qirg`izboev, Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i Saidkarim Mahmudov, Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi Bog`dorchilik va issiqxona xo`jaligini rivojlantirish agentligi rahbari Nasriddin Najimov, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi mutaxassislari bog`dorchilik va issiqxona xo`jaliklaridagi bugungi holat, sohani rivojlantirishga doir masalalar bo`yicha jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi.

photo_2019-07-18_19-30-03.jpg

Brifingda qayd etilgandek, respublikamizda 2018 yilda 2,6 mln tonna meva mahsulotlarietishtirilgan bo`lib, joriy yilda bu ko`rsatkich 2,9 mln tonnani tashkil etishi rejalashtirilgan.

O`zbekistonda jami 269,5 ming gektar bog`lar bo`lib, shundan 188 ming gektar bog`lar fermer xo`jaliklari ixtiyorida. 2018 yilda 9 ming gektar intensiv bog`lar barpo etilgan.

Bog`dorchilik sohasini texnikalar bilan to`liq ta`minlash maqsadida 2025 yilgacha agrotexnikalar sonini 12 ming 533 donaga ko`paytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

photo_2019-07-18_19-24-03.jpg

Joriy yilning birinchi yarim yiligida jami 780 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari (700 mln. dollardan ortiq) xo`l meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi. Tashqi bozorga chiqarilgan quritilgan mevalar esa 10 268 tonnani tashkil etib, qiymati 7 9024,8 ming dollarni tashkil etdi.

Bugungi kunda dunyo bozorida aynan qanday meva mahsulotlariga talab kuchayib borayotgani barchaga qiziq. Ushbu talabni o`rganish va qoplash borasida O`zbekiston agrar sohasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, bundan buyon urug`mevali bog`lar emas, balkidanakmevali bog`larni ko`paytirishga alohida e`tibor qaratish lozim.

Respublikadagi barcha toifadagi xo`jaliklarda jami 269,5 ming gektar bog`larning 118 ming gektar yoki 44 foizini olma bog`larni tashkil etadi. Bugungi kunda dunyo bozorida asosiy talab gilos, shaftoli, o`rik, olxo`ri, xurmo va limon kabi bog`dorchilik mahsulotlariga bo`lmoqda. 2019 yil 1 iyul xolatigagilos 17 ming tonna, shaftoli 8,3 ming tonna, o`rik 50 ming tonna, olxo`ri 15 ming tonna eksportqilindi. Shu bilan birga, limonga (2,6 ming tonna) ham yil sayin talab oshib bormoqda.

photo_2019-07-18_19-24-35.jpg

Oxirgi 3 yilda respublikamizga bog`dorchilik sohasiga 750 million AQSh dollari miqdoridainvestisiyalar jalb etildi.

O`zbekiston qishloq xo`jaligi sohasida meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda joriy yilning shu davrigacha 56 ta meva-sabzavot klasterlari tashkil etilib, ularga 23,7 ming gektar er maydonlari ajratib berildi.

2016-2019 yillarda jami 293 ming gektar past hosilli paxta va g`alla maydonlari qisqartirilib, ularning o`rniga qo`shimcha eksportbop ekinlar, jumladan 93,7 ming gektar sabzavot, 37,5 ming gektar dukkakli, 15,1 ming gektar poliz, 55,6 ming gektar ozuqa, 3 ming gektar sholi va 19,1 ming gektar moyli ekinlar ekiladi hamda 27,5 ming gektar intensiv bog`lar va 11 ming gektar tokzorlar barpo etilgan, 568 gektar maydonda issiqxonalar tashkil etilgan.

Respublikada anor va limon mahsulotlari ko`paytirish eksport hajmlarini oshirish, qolaversa anor va limon bredlarini yaratish uchun «Limon etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar» uyushmasi va«Anor etishtiruvchilar» uyushmasi tashkil etildi.

Jahon bozorida bugungi kunda anorga va limon talab oshib bormoqda, shuning uchun joriy yilning o`zida 2 ming gektarga ortiq maydonga anorzorlar tashkil etildi. Bundan tashqari, issiqxonalardamandarin va apelsin o`simliklarini ko`paytirishga alohida etibor qaratilgan.

Ushbu sohada bog`dorchilik va issiqxona xo`jaliklarini rivojlantirish agentligi tizimidagi Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti seleksioner olimlari va ilmiy xodimlari tomonidan 2000-2019 yillar davomida 25 dan ortiq o`simliklarning zararkunandalariga va kasalliklarga chidamli hamda eksportbop navlaryaratilgan. Shuningdek, ilmiy tadqiqot instituti tomonidan respublika uchun an`anaviy va noan`anaviy bo`lgan 10 turdagi yangi mevali daraxt navlari ustida keng ko`lamli ishlar olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1