AsosiyDunyo

Fransiyada yana jazirama issiq va qurg`oqchilik kuzatilmoqda (Video)

'Fransiyada yana jazirama issiq va qurg`oqchilik kuzatilmoqda (Video)'ning rasmi

Mamlakatning aksariyat hududlaridan suvdan foydalanishga cheklovlar qo`yildi.Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Meteorologlar mamlakatning janubiy mintaqalari va Parijda havo harorati 41 darajaga qadar ko`tarilishi haqida ogohlantirishmoqda. Bundan avval, mamlakatga 28 iyun kuni issiq havo oqimi yopirilgan edi. Ana o`shanda Ero departamentida 46 darajali rekord ko`rsatkich qayd etilgan edi. Afrikadan kirib kelgan issiq havo oqimi mamlakatni tark etgan bo`lishiga qaramasdan Fransiyaning markaziy tumanlarida havo harorati 30 darajali ko`rsatkichdan pastga tushmayapti. Bugun Fransiya meterologiya xizmati Météo France mamlakatning janubi g`arbiy va markaziy- sharqiy qismlaridagi 21 ta departamentda issiq tufayli xavfning deyarli yuqori darajasini e`lon qildi.

Mamlakat qishloq xo`jaligi vaziri jazirama tufayli fermerlar uchun favqulodda holat tartibini e`lon qildi. Mamlakatning aksariyat hududlaridan suvdan foydalanishga cheklovlar qo`yildi. Hamda chorvadorlarga em-xashak etishmasligi ortidan o`tgan yilgi kabi jonivorlarni ommaviy ravishda so`yish joylariga yuborish taqiqladi. Bu bozorlarda muvozanatni ushlab turish, go`sht narxining tushib ketmasligiga qaratilgan chora ekanligi aytilmoqda. Qurg`oqchilik sabab mamlakat hukumati yordam so`rab EI murojat etmoqchi. Mamlakat qishloq xo`jaligi vazirligi fermerlarga zararni qoplash uchun yordam tariqasida bir milliard evro miqdorida tovon puli undirishni rejalashtirdi.


Boshqa yangiliklar