Vashington Ormuz bo`g`ozida kemalarning xavfsiz harakatlanishini kafolatlash maqsadida xalqaro patrul koalisiyasini tashkil etmoqchi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma`lumot berdi. Neft eksportining katta qismi o`tuvchi ushbu akvatoriyada qo`shma patrul koalisiyasi Eronning tajovuziga qarshi turishi aytilmoqda. Kengligi 34 km bo`lgan Hurmuz bo`g`ozi Ummon va Fors ko`rfazini bog`lab turadi. Bo`g`ozning shimoliy g`irg`oqlari Eronga, janubiy qirg`og`i BAA va Ummonga tegishlidir. Mazkur bo`g`oz Qatar, Bahrayn, Ummon, BAA, Saudiya Arabistoni uchun Arab dengizi va Jahon okeniga olib chiquvchi yagona yo`ldir.
Bo`g`oz orqali kuniga 17 mln.barrel neft jo`natiladi. Shuningdek, dunyo bo`ylab tankerda tashilgan jami suyultirilgan gazning uchdan bir qismi, neftning esa beshdan bir qismi aynan shu bo`g`oz orqali olib o`tiladi. So`nggi vaqtlarda Ummon ko`rfazida neft tankerlariga bir qator hujumlar uyushtirilishi ortidan mintaqadagi vaziyat ancha taranglashdi. Rasmiy Vashington ushbu hujumlar uchun javobgarlikni Eron zimmasiga yuklamoqda.






