AsosiyDunyo

Peruda Ubinas vulqoni uyg`ondi (Video)

'Peruda Ubinas vulqoni uyg`ondi (Video)'ning rasmi

Perudagi Ubinas vulqoni kraterida yangi portlashlar ro`y berishi kutilmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Geologiya va metallurgiya milliy unversiteti yaqin hududda joylashgan aholi punktlaridan odamlarni zudlik bilan evakuasiya qilishini tavsiya qildi. Dushanba kuni vulqondan chiqayotgan kul va tutun 1.5 km balandlikka qadar ko`tarildi. Kul qo`shni Boliviya hududiga qadar etib borgan. Biroq ko`pchilik o`z uyini tashlab ketishga tayyor emas.

Bundan avval hukumat taxminan 30 ming nafar aholi istiqomat qiluvchi mamlakatning 3 ta janubiy departamentida 60 kun muddatgafavqulodda holat tartibini joriy etgan edi. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko`ra vulqon otilishi bir necha oydan, bir yilga qadar davom etishi mumkin.


Boshqa yangiliklar