AsosiyDunyo

Boris Jonson Tereza Meyga minnatdorchilik izhor etdi (Video)

'Boris Jonson Tereza Meyga minnatdorchilik izhor etdi (Video) 'ning rasmi

Boris Jonson Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimiga tayinlandi. Tereza Mey esa iste`foga chiqdi. Prezident Shavkat Mirziyoev Boris Jonsonga Konservatorlar partiyasi etakchisi saylovida g`alaba qozongani hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabrik yo`lladi.

Buyuk Britaniya qirolichasi Elezavetta-II ishtirokida bo`lib o`tgan rasmiy lavozimga tayinlash marosimidan so`ng, konservator Boris Jonson Daunn Stritda nutq so`zladi. U 31 oktyabr kuni Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqidan chiqib ketishini va`da qildi. Yangi Bosh vazir odamlar kutishdan charchaganliklarini ta`kidladi. Shu bilan birga u Brexit bo`yicha yangi kelishuv tuzish zarurligini bildirdi.

"Biz yangi kelishuvni amalga oshiramiz, bu hozirgi kelishuvdan yaxshiroq bo`ladi. Bu Buyuk Britaniyaning EI dan chiqish imkoniyatini maksimal darajada oshiradi. Bu bizga erkin savdo va o`zaro yordam tamoyillariga asoslangan Evropaning qolgan qismi bilan yangi, istiqbolli hamkorlikni rivojlantirishga imkon beradi",- deya ta`kidladi.Boris Jonson Tereza Meyga amalga oshirgan ishlari uchun chuqur minnatdorchilik izhor etdi.

Boshqa yangiliklar