Biroq bu bir necha milliard dollar daromad ko`ruvchi kompaniya uchun ramziy jazodir. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.
AQSh federal savdo komissiyasi kompaniyani foydalanuvchilarning shaxsiy ma`lumotlarini etarli darajada himoyalamagani borasidagi tergov ishi doirasida shuncha miqdorda jarimaga tortishini ma`lum qildi.Tashkilot fikriga ko`ra, Facebook yuzni aniqlash funksiyasini ishlatgan o`n millionlab foydalanuvchilarni aldagan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq akkauntlarini buzib kirishdan himoyalash maqsadida to`plangan telefon raqamlarini foydalanuvchilar roziligisiz reklama maqsadlarida foydalangan. Biroq ushbu komissiyaning qarori hali sud tomonidan ham tasdiqlanishi lozim. Bundan tashqari, ayrim siyosatchilar bu kabi jarimalar xavfsizlik bilan bog`liq asl muammoga echim bo`lmasligidan xavotir bildirishmoqda.Eslatib o`tamiz, o`tgan yili kompaniya daromadi 53 milliard dollarga borib etgan.






