Miliarder Ilon Maskka tegishliSPACE X kompaniyasining Falcon 9 raketa tashuvchisi Cargo Dragon yuk kemasini Er orbitasiga muvaffaqiyatli ravishda olib chiqdi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
NASA ma`lumotlariga ko`ra, yuk kemasi Xalqaro koinot stansiyasiga 2 tonnadan ortiq oziq- ovqat mahsulotlari, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun maxsus qurilmalar, jumladan fazoviy biomedisina 3D-printeri, Cargo Dragon yuk kemasi 27 iyul, ya`ni bugun Xalqaro koinot stansiyasi bilan tutashadi. Bu AQSh aeronavtika milliy agentligi va SpaceX kompaniyalari o`rtasida tuzilgan sharnomaga muvofiq 18- marotaba amlga oshirilgan hamkorlikdagi loyihadir. Ekspertlar buni fazoni zabt etish borasida yangi davr boshlanganining yorqin misoli, deb e`tirof etishmoqda.






