BMT Liviya qirg`oqlari yaqinida yuz bergan kema halokatida 150 ga yaqin kishi halok bo`lgani haqida ma`lum qildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
Bu joriy yilda O`rta Er dengizida ro`y bergan eng yirik fojia ekanligi aytilmoqda. Yog`ochdanyasalgan kema Xoms shahridan uncha uzoq bo`lmagan hududda cho`kib ketgan. Bu haqda xalqaro migrasiya tashkiloti va BMT ning Qochqinlar masalalari bo`yicha oliy komissarligi ma`lum qildi. Guvohlarning ta`kidlashicha, fojia ro`y bergan vaqtda kema bortida 300 ga yaqin muhojir bo`lgan.
Liviya qirg`oq bo`yi qo`riqchilari tomonidan 145 nafar kishi qutqarib qolingan. Ushbu fojia haqida xabar bergan BMT oliy komissari Filippo Grandi xalqaro hamjamiyatni O`rtaer dengizida muhojirlarni qutqarish dasturini qayta tiklashga, noqonuniy muhojirlarning Liviyada qamoqqa olinishini to`xtatishga, muhojirlarning xavfsiz harakatlanishlarni ta`minlashga chaqirdi.






