AsosiyDunyo

Belgiyada havo harorati bo`yicha mutlaqao rekord ko`rsatkich qayd etildi

'Belgiyada havo harorati bo`yicha mutlaqao rekord ko`rsatkich qayd etildi 'ning rasmi

Evropaning yomg`ir eng ko`p yog`adigan poytaxtlaridan biri Bryusseleda shu kunlarda qattiq jazirama kuzatilmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Havo harorati Selsiy bo`yicha 37 darajaga qadar ko`tarilmoqda. Payshanba kuni esaBelgiyada 1833 yilda qayd etilgan mutloq rekord ko`rsatkich yangilandi. Klyayn-Brogelda havo harorati 40,6 darajaga qadar ko`tarildi. Mutaxassislar bu yakuniy natija emas, deb hisoblashmoqda. Belgiya Qirollik meteorologiya instituti vakilining so`zlariga ko`ra, mamlakatda ketma-ket ikki yildan buyon yoz mavsumi juda qurg`oqchil kelmoqda. Yog`ingarchilik kuzatilmayotgani sabab erdagi namlik miqdori juda kamayib ketgan. Joriy yil boshidan to iyun oyiga qadar mamlakatda bor yo`g`i 87 kun yog`ingarchilik kuzatilgan. Yog`in miqdorining kamayib ketishi va jazirama issiq mamlakat qishloq xo`jaligiga jiddiy zarar etkazmoqda.

    Boshqa yangiliklar