1

«Al-Hilol» — «Lokomotiv» o`yini muxlislarsiz stadionda o`tkaziladi

Sport 14.12.2014, 20:50
«Al-Hilol» — «Lokomotiv» o`yini muxlislarsiz stadionda o`tkaziladi

2015 yil Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida ilk marta ishtirok etadigan Toshkentning «Lokomotiv» klubi qur`a natijasida «S» guruhiga tushgan edi, deb xabar beradi «Stadion.uz».

Vadim Abramov shogirdlari guruhdagi ilk o`yinni safarda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga qarshi o`tkazadi. Ushbu o`yinga muxlislarning kirishiga yo`l qo`yilmaydi.

OFK Tartib-intizom qo`mitasi «Al-Hilol»ning uydagi bitta xalqaro o`yinini muxlislarsiz o`tkazish haqida qaror qabul qilgan. Ushbu o`yin aynan «Lokomotiv»ga qarshi uchrashuvga to`g`ri keldi.

«Hilol» OChL finalining javob o`yinida juda katta tartibsizliklarga yo`l qo`yganligi uchun OFK jamoaga nisbatan bir qancha jazo choralarini qo`llagan. Ular orasida yuqoridagi jazo chorasi ham bor.

«Al-Hilol» — «Lokomotiv» o`yini 2015 yilning 25 fevral kuni «Qirol Fahd» stadionida bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1