Turkmanistonda mamlakat prezidentining o`lgani yoki sog`lig`i yomonlashgani haqida tarqalgan mish-mishlarga qarshi faol kurashish 25 iyul kunidan boshlangan edi. Kuch tuzilmalari Ashxobod va boshqa tumanlarda «kuchaytirilgan xizmat turi»ga o`tgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtiriga xizmat qilgan mish-mishlarni tarqatgan uch kishi qo`lga olingan. Ulardan biri «Turkmantelekom» xodimi bo`lsa, yana biri suv xo`jaligi xizmatchisi, uchinchisi esa mahalliy uy-joy kommunal xizmatida ishlaydi.
Instagram’da esa turkmanistonlik yulduzlarning mish-mishlarga ishonmaslik borasidagi ko`plab videoroliklari paydo bo`ldi. Ular bir vaqtning o`zida prezident Gurbanguli Berdimuhamedovni o`ldiga chiqargan odamlarni la`natlashni boshlab yuborgan va o`z obunachilaridan #duryalan xeshtegi ostidagi videoroliklarga ishonmaslikni so`ragan.
24 iyul kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ommaga ko`rinish bermaganiga to`qqiz kun o`tib, davlat televideniesidagi efirlarda yana paydo bo`lgan edi.






