Bu esa sayyoramizning ikkinchi eng yirik muz “qalqoni”da rekord darajada erish xavfini yuzaga keltirmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
BMTning xalqaro meteorologiya tashkiloti e`lon qilgan kuzatuv natijalari ma`lumotlariga ko`ra, Grenlandiya oroli anomal jazirama iskanjasida qolgan. Yoz oyining boshiga qadar orolda anomal ob-havo sharoitlari kuzatilmagan bo`lsa-da, birgina iyul oyi davomida Grenlandiya yuza qatlamining bug`lanishi tufayli 160 milliard tonna muzlikni yo`qotgan. Bu esa Arktika muzliklarining erishiga olib kelgan.
Iyul oyi o`rtalarida uning maydoni rekord darajada qisqarib ketgan. Arktikaga qarama qarshi Shimoliy muz okeani tomonda Sibir, Alyaska va Kanadada kuchli o`rmon yong`inlari sodir bo`lmoqda. Britaniya matbuoti xabariga ko`ra, yong`inlar natijasida atmosferaga hozirga qadar 120 million tonna karbonad angidrid gazi chiqqan. Bu aksariyat davlatlarning yillik sanoat gazlari chiqindilari hajmidan ko`p deganidir. Bu shuningdek, asr boshidan buyon ilk marotaba kuzatilgan bir vaqtning o`zida atmosferaga chiqarilgan zararli gazlar emissiyasidir.






