AsosiyDunyo

AQSh va Xitoy savdo urushiga echim izlamoqda (Video)

'AQSh va Xitoy savdo urushiga echim izlamoqda (Video)'ning rasmi

AQSh va Xitoy o`rtasidagi savdo munosabatlarida yuzaga kelgan taranglikni yumshatish maqsadida muzokaralarning yangi raundi bo`lib o`tdi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Tomonlar o`rtasida Shanxayda bo`lib o`tayotgan muzokarlar chog`ida Donald Tramp tvitter sahifasida Xitoyga nisbatan o`zining tanqidiy fikrlarini bildirdi. Oq uy rahbari rasmiy Pekinnni Amerika qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotib olish hajmini oshirish bo`yicha va`dalariga amal qilmayotganlikda ayblab chiqdi. Tramp shuningdek, keyingi prezidentlik saylovlarida g`alaba qozonsa, Xitoy bilan savdo muzokaralarini olib borishda juda qattiqqo`l pozisiyada bo`lishi haqida ogohlantirdi.

Eslatib o`tamiz, AQSh joriy yilning 10 may kuni umumiy qiymati 200 mlrd dollarga teng bo`lgan Xitoy mahsulotlariga nisbatan qo`shimcha bojlarni joriy etgan edi. Bunga nisbatan Xitoy hukumati iyun oyida javob choralarini qo`llab, AQShning 5 mingdan ortiq mahsulotlariga qo`shimcha bojlarni joriy etgan edi. Bloomberg agentligi xabariga ko`ra, Shanxayda boshlangan Xitoy-AQSh savdo muzokaralari muddatidan avval nihoyasiga etgan. Eslatib o`tamiz, muzokaralarning Vashingtonda bo`lib o`tgan avvalgi raundi samarasiz yakunlangan edi.


Boshqa yangiliklar