AsosiyShou-biznes

"Yaqinlarim meni yangi ismim bilan chaqirishadi"

'"Yaqinlarim meni yangi ismim bilan  chaqirishadi"'ning rasmi

Nilufar Usmonova ismini o`zgartirganidan xabaringiz bor. U “Darakchi” gazetasi jurnalisti Aliya Sulaymanova bilan suhbatda aynan mana shu mavzuga yana to`xtalib o`tdi.

— O`zingiz yaxshi bilasiz, Payg`ambarimizning ayollarini ismi Oisha. Nilufar esa shunchaki gulning nomi. Men esa o`zimga ko`proq ma`no va xislatga ega ism qo`yishni istadim. Aisha, deb chaqirishsa menga juda yoqadi. Yana bir ma`lumotni aytib o`tmoqchiman, ismimni o`zgartirganimga ancha bo`ldi. U payt qizlarim tug`ilmagan edi. Agar ular bo`lganida albatta, o`zimga emas, ularning biriga Aisha ismini qo`yyardim.

— Demak, Nilufar endi tahallus...

— To`g`ri, lekin hozircha hujjatlarimni o`zgartirganim yo`q. Bundan tashqari, odamlar ham meni Nilufar, deb chaqirishga odatlanishgan, ularni ham qiynab qo`yish niyatim yo`q. Ammo yaqinlarim yangi ismim bilan menga murojaat etishmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar