AQSh prezidenti Donald Tramp Xioy mahsulotlariga nisbatan qo`shimcha bojlar joriy etish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
Rasmiy Pekin esa bu kabi harakatlarning oqibati yomon bo`lishidan ogohlantirmoqda. Oq uy rahbarining so`zlariga ko`ra, Qo`shma shtatlar 1 sentyabr kunidan e`tiboran umumiy qiymati 300 mlrd.dollarga teng bo`lgan Xitoy mahsulotlariga 10 % lik bojlar joriy etadi. Donald Tramp Vashington va Pekin o`rtasida savdo kelishuviga erishilmagunga qadar qo`shimcha bojlar kiritishda davom etishini ma`lum qildi.
Ushbu xabar dunyo fond birjalarida aks sado bermoqda. 1 avgust kungi savdolar yakunida Dow Jones indeksi 1% ortiqqa tushib ketdi. Xitoy hukumati o`z navbatida bunga keskin norozilik bildirdi va bordi-yu, mamlakat mahsulotlariga bojlar oshirilsa, bunga munosib ravishda javob choralari ko`rilishini ma`lum qildi. Xitoy tashqi ishlar vazirligi tomonlar o`rtasida savdo urushining kuchayishida javobgarlik Vashington zimmasida ekanligini ta`kidladi.






