BMT sayyoramiz aholisi qarib borayotganini ma`lum qildi

Dunyo 14.08.2019, 17:06
BMT sayyoramiz aholisi qarib borayotganini ma`lum qildi

Hozirgi kunga kelib, tarixda ikl marotaba sayyoramizdagi qariyalar bolalar sonidan ortib ketgan.

Tashkilot ma`lumotlariga ko`ra, insoniyat tarixida ilk marotaba Er yuzida 65 yoshdan oshgan odamlar soni ko`pchilikni tashkil etmoqda. Hozirgi kunda o`rtacha umr ko`rish ko`rsatkichi sezilarli darajada oshdi. Biroq dunyoning aksariyat davlatlarida farzand ko`rish kamayib ketdi. Bugungi kunda sayyoramizda 705 million nafar qariyalar mavjud. 4 yoshgacha bo`lgan bolalar soni esa 680 millionni tashkil etmoqda. O`rtacha umr ko`rish davomiyligining uzayishi insoniyatning katta yutug`i, biroq olimlarning ta`kidlashicha, qariyalar sonining ortib borishi qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Mutaxassislarning fikricha, sayyoramiz aholisi qarishda davom etadi. 2050 yilga kelib, 65 yosh va undan katta bo`lgan aholi sonining ulushi deyarli 16 foizga ortadi. Bu esa 5 yoshgacha bo`lgan bolalar sonidan ikki marotaba ortiq deganidir. Demograflarning ta`kidlashicha, 1960 yilda bir ayolga o`rtacha 5 nafar bola to`g`ri kelgan. Bugun oradan 60 yil o`tib, esa bu ko`rsatkich 2,5 nafar bolaga tushib ketgan. 1960 yilda odamlar o`rtacha 52 yil umr ko`rishgan bo`lsa, 2017 yilga kelib esa o`rtacha umr ko`rish davomiyligi 72 yoshga qadar ko`tarilgan. Yosh o`tgan sari odamlar yanda ko`proq resurslarga ehtiyoj sezishadi, bu esa o`z navbatida sog`liqni saqlash va pensiya tizimiga bo`lgan bosimni kuchaytiradi. Tug`ilishning kamayib ketishi sayyoramiz aholisining qarishida asosiy omil sifatida e`tirof etilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1