Kattaligi jihatidan Gresiyaning ikkinchi eng yirik oroli Evbeeda o`rmon yong`inlari davom etmoqda. Yong`indan chiqayotgan quyuq tutun 110 km uzoqlikda joylashgan poytaxt Afina hududiga qadar etib keldi.
Ayni damda orolning markaziy qismida favqulodda holat tartibi e`lon qilingan. Bu erda qarag`ay o`rmonlar yonmoqda. Ayni damda alanga 11 kilometrdan ortiq hududga tarqalib ulgurgan. Hududda esayotgan o`zgaruvchan kuchli shamol esa vaziyatni yanada og`irlashtirmoqda. Hozirga qadar 4 ta qishloq aholisi evakuasiya qilingan. Alangani bartaraf etishga 200 dan ortiq o`t o`chiruvchilar, maxsus texnika va aviasiya jalb etilgan. Qurg`oqchil yoz oylarida Gresiya doimiy ravishda o`rmon yong`inlaridan aziyat chekadi. O`tgan yili iyul oyida ro`y bergan yong`inlar 100 nafardan ortiq inson umriga zomin bo`lgan edi.