AsosiyJinoyat
2350

Qing`ir ishning qiyig`i chiqdi

'Qing`ir ishning qiyig`i chiqdi'ning rasmi

Ayrim fuqarolar foydalangan energiya resurslari uchun to`lovlarini to`lashdan bo`yin tovlab kelayotgan bo`lsa, ayrimlari esa to`g`ridan-to`g`ri noqonuniy yo`llar bilan foydalanishni o`zlariga ma`qul ko`rishdi.

Lekin qing`ir ishni qiyig`i chiqadi, degan naql borligini xamma yaxshi biladi.

Majburiy ijro byurosi Ulug`nor tuman bo`limi xodimlari tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari davomida ayrimxonadonlarda elektr energisidan o`g`rlik yo`llari bilan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlanib, qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirilgan vaxonadonlar elektr tarmog`idan ajratilgan.

07.08.2019 yil kuni Majburiy ijro byurosi Ulug`nor tuman bo`limi binosida mana shunday fuqarolarning 9 nafariga nisbatan Ulug`nor tumani ma`muriy sudining sayyor sudi bo`lib o`tdi.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi oqibatida etkazilgan 8 mln. 167 ming so`m zararlarni undirish va 5 mln. 412 ming 480 so`m ma`muriy jarimalar qo`llash haqida sudning qarorlari chiqarildi.

Bu hali hammasi emas, ushbu qoidabuzar 9 nafar fuqarolar elektr tarmog`iga qayta ulanishlari uchun endi eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida to`lov qilishlari xam kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar