AsosiyDunyo

Indoneziya poytaxti boshqa joyga ko`chiriladigan bo`ldi (Video)

'Indoneziya poytaxti boshqa joyga ko`chiriladigan bo`ldi (Video)'ning rasmi

Dunyo okeanida suv sathining ko`tarilishi ortidan Indoneziya hukumati poytaxt Jakartani boshqa hududga ko`chirishga qaror qildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Ekspertlar ma`lumotlariga ko`ra, 2050 yilga kelib, Indoneziya poytaxti Jakartaning uchdan bir qismi suv ostida qoladi. 10 mln.ortiq aholi istiqomat qiluvchi shahar okean suv sathining ko`tarilishi oqibatida g`arq bo`ladi. Toshqinlardan tashqari ayni damda poytaxt aholi bilan haddan tashqari to`lib-toshgani, suv ta`minoti va kanalisaziya tizimidagi muammolar va transport tirbandliklaridan aziyat chekmoqda. Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo mamlakat mustaqilligi kuni munosabati bilan xalqqa yo`llagan murojatida poytaxtni Jakartadan qo`shni Kalimantan oroliga ko`chirish to`g`risida qaror qabul qilganini ma`lum qildi.

"Poytaxt bu shunchaki millat birligi ramzi emas. Bu shahar mamlakat aholisining erishgan yutuqlarini namoyish etadi. Bizga zamonaviy va muvaffaqiyatli Indoneziyaning timsoli kerak", deya ta`kidladi prezident. Yangi poytaxt aynan orolning qaysi hududida joylashuvi bo`yicha aniq ma`lumotlar yo`q. Hozirda Jakartaning ayniqsa shimoliy qismlari toshqinlardan qattiq aziyat chekmoqda. Shaharning ushbu hududi yiliga 10 sm suv ostida qolmoqda. Indoneziya hukumati rejasiga ko`ra, poytaxtni Yava orolidan Kalimantanga ko`chirish ishlari 2021 yili boshlanadi va bu jarayon taxminan 10 yilga cho`ziladi.

Boshqa yangiliklar