1

O`zbekiston - Iordaniya uchrashuvi bir kunga surildi

Sport 16.12.2014, 14:42
O`zbekiston - Iordaniya uchrashuvi bir kunga surildi

O`zbekiston va Iordaniya terma jamoalari o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvi 21 dekabr kuniga ko`chirildi.

Milliy terma jamoaning BAAdagi yig`ini doirasidan o`rin olgan mazkur o`yin rejaga ko`ra 20 dekabr kuni Dubay shahrida o`tkazilishi kerak edi. Ammo, Iordaniya Futbol Uyushmasi mazkur uchrashuvni bir kunga ko`chirishni iltimos qildi. O`FF mazkur iltimosni qondirdi va uchrashuv 21 dekabr kuniga ko`chirildi.

Eslatib o`tamiz, Mirjalol Qosimov jamoasi OK-2015dan oldingi so`nggi tayyorgarlik yig`inini o`tkazish uchun 17 dekabr kuni BAAning Dubay shahriga uchib ketadi. Mirjalol Qosimov jamoasi mazkur yig`in davomida Iordaniyadan tashqari Iroq (25 va 28 dekabr) terma jamoasiga qarshi ikkita o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi.

Manba: http://the-uff.com/

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1