1

Avtokross bo`yicha O`zbekiston chempionati yakunlandi

Sport 16.12.2014, 15:51
Avtokross bo`yicha O`zbekiston chempionati yakunlandi

Jizzax shahridagi “Navro`zbuloq” poygagohida avtokross bo`yicha O`zbekiston chempionati final musobaqalari bo`lib o`tdi. O`zbekiston mudofaasiga ko`maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, O`zbekiston milliy avtomobil federasiyasi, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi, Jizzax viloyat hokimligi   hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Toshkent, Namangan,  Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va mezbon Jizzax viloyati avtosport ustalari o`zaro kuch sinashdilar. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

“Baggi” rusumidagi avtomobil  haydovchilari o`rtasidagi bahsda  jizzaxlik G`ayrat Odilov  marraga birinchi bo`lib etib keldi. Ikkinchi o`rin Samarqand viloyati vakili Suxbat Obidjonovga, uchinchi o`rin esa yana bir qashqadaryolik sportchi Spartak Ro`zievga nasib etdi.

“A-7” rusumli avtomobillar poygasida toshkentlik Farhod Daminov birinchi, jizzaxlik Baxtiyor Toshboev va Sarvar Tojiqulovlar esa  ikkinchi va  uchinchi o`rinni egalladilar.

“A-8” rusumli avtomobillar baxsida esa toshkentlik G`ofir Husanov birinchi, sportchilar Suhbat Obidov va Jamol Zokirovlar ikkinchi va uchinchi o`rinlarni band etdilar.

“Neksiya” rusumidagi avtomobillar musobaqasida Toshkent shahri vakili Rustam Muhammedov, Igor Gaziyans  va namanganlik Eldor Eshmatov kuchli uchlikdan joy oldi.

Umumjamoa hisobida yil yakuni bilan   Jizzax viloyati jamoasi birinchi, Toshkent shahri sportchilari ikkinchi va samarqandliklar uchinchi o`rinni egalladilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1