AsosiyJinoyat

“Kannabis”ni parvarishlash qimmatga tushdi

'“Kannabis”ni parvarishlash qimmatga tushdi'ning rasmi

Bojxona xodimlari giyohvand moddalarning g`ayriqonuniy aylanmasiga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida shu kabi qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.

Andijon tumanida yashovchi fuqaro U.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, xonadonning tomorqa qismida alohida agrotexnik ishlov berilgan och yashil, o`tkir hidli daraxt shakliga kirgan 13 tup “Kannabis” o`simligi hamda sochilgan va quritilgan holdagi 490 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar