1

Termizda Xalqaro arxeologiya-sayyohlik forumi ish boshladi

Madaniyat 24.08.2019, 13:56
Termizda Xalqaro arxeologiya-sayyohlik forumi ish boshladi

“O`zbekiston – buyuk yo`llar chorrahasida: imperiyalar, dinlar, tamaddunlar” Madaniy meros haftaligi mehmonlari Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Ular etib kelishi bilan Termizda “O`zbekiston – yo`llar va tamaddunlar chorrahasi” deb nomlangan Xalqaro arxeologiya-sayyohlik forumi ish boshladi.

Forumda O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari A. Abduhakimov, Surxondaryo viloyati hokimi T. Bobolov, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi F.Abduholiqov, Fransiya ilmiy-tadqiqotlar Milliy markazining tadqiqotlar bo`yicha faxriy direktori P. Lerish ishtirok etmoqda.

Jahonning taniqli sharqshunos olimlari, Markaziy Osiyoda tadqiqot olib boruvchi arxeologlar, tarixchilar etnograflar ishtirokidagi bunday keng qamrovli tadbir O`zbekistonda ilk bora o`tkazilmoqda. Mazkur forumda O`zbekiston arxeologiyasi va bu yo`nalishda olib borilgan qazuv ishlarida qo`lga kiritilgan nodir topilmalar, olimlar tomonidan keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar, ularda aniqlangan O`zbekistonning tosh asridan tortib, O`rta asrlar tarixi va o`tmishiga oid manbalar haqidagi ma`ruzalarga o`rin berilgan.

Haftalik qatnashchilari 24-25 avgust kunlari uchun Surxondaryoning qoq markazida bo`lib o`tadigan ilmiy va madaniy dasturlarda ishtirok etishadi. Forumning yana bir muhim voqeasi – mehmonlar Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurib u erdagi nodir tarixiy eksponatlar bilan tanishadilar. Shuningdek mashhur Budda ibodatxonalari – Qoratepa va Fayoztepa, afsonaviy Oksiana Iskandariyasi ekanligi aniqlangan – Kampirtepani borib ko`radilar.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1