1

​Samarqand yana dunyo nigohida

Madaniyat 26.08.2019, 11:10
​Samarqand yana dunyo nigohida

Samarqand shahridagi Forumlar saroyida BMTning Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti (YuNESKO) shafeligida “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi... Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar qildi. Ma`lumot uchun eslatib o`tamiz, davlat rahbari tashabbusi bilan Samarqandda o`z ishini boshlagan xalqaro kongress doirasida yurtimizda 22 avgust kuni o`z ko`lamiga ko`ra ancha yirik madaniy hodisa – mamlakatimizning Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarini qamrab oladigan “O`zbekiston - buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat" mavzusidagi Madaniy meros haftaligi start olgandi. 15 dan ortiq tadbirni o`z ichiga mazkur madaniy meros haftaligi 300 ga yaqin dunyo olimlarini O`zbekistonda uchrashtirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1