AsosiyBU QIZIQ

Malta OpenAI bilan tarixiy hamkorlikni e'lon qildi

Malta mamlakatning barcha fuqarolariga ChatGPT Plus’dan 1 yil davomida bepul foydalanish imkoniyati beriladi.

'Malta OpenAI bilan tarixiy hamkorlikni e'lon qildi'ning rasmi

Loyiha doirasida Malta universiteti tomonidan tayyorlangan sun’iy intellekt savodxonligi kursi joriy etiladi. Ushbu kurs orqali fuqarolar AI nima ekanini, uning imkoniyatlari va cheklovlarini hamda uni uyda va ishda mas’uliyat bilan qanday qo‘llashni o‘rganadilar. Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar ChatGPT Plus’dan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar.

Dastur may oyida boshlanadi va Malta Raqamli Innovatsiyalar Idorasi tomonidan boshqariladi. U faqat Maltadagi fuqarolarni emas, balki xorijda yashovchi maltalarni ham qamrab olishi mumkin.

Tashabbus doirasida davlat va OpenAI sun’iy intellektni aholi hayotiga keng joriy qilish, ta’limni rivojlantirish, ish jarayonlarini yengillashtirish va ijodiy imkoniyatlarni oshirishni maqsad qilgan. OpenAI bu modelni boshqa davlatlar uchun ham namuna sifatida ko‘rmoqda.

    Boshqa yangiliklar