1

Og`ir atletikachilarimiz jahon chempionatida doping qabul qilishibdi

Sport 18.12.2014, 16:34
Og`ir atletikachilarimiz jahon chempionatida doping qabul qilishibdi
8-16 noyabr kunlari Qozog`istonning Olma-ota shahrida o`tkazilgan jahon chempionati biz uchun bir muncha omadli o`tdi. Jahonning mashhur agentliklari "Associated Press", "Insidethegames"ning xabar berishicha, 8 nafar sportchi topshirgan doping testi ijobiy natija ko`rsatgan, deb yozmoqda sports.uz.
E`tiborlisi, ushbu sportchilar orasida 3 nafar hamyurtlarimizning nomlari qayd etilgan. Bular: Mahliyo Tog`aeva (-48 kg, 5-o`rin), Marina Sisoeva (-53 kg, 4-o`rin) va Manzura Mamasolieva (-69 kg, 9-o`rin). Aytilishicha, ular topshirgan qon tarkibida "A" probasida klenbuterol moddasi topilgan. 
Shuningdek, jahon chempionatining sovrindorlari  Kim Un Chju (KXDR, ayollar -75 kg, metiltestosteron va metandriol), Daniel Godeli (Albaniya, erkaklar -77 kg, stanozolol), Xva Ri Chjon (KXDR, ayollar -58 kg, klenbuterol) hamda yana ikki nafar sovrindor bo`lolmagan albaniyalik sportchilarda ham test ijobiy natija ko`rsatgan. 
"V" probasi o`tkazilgach, xalqaro og`ir atletika federasiyasi yakuniy qarorga keladi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1