1

OFK klublar reytingida «Bunyodkor» etakchilar qatorida

Sport 19.12.2014, 12:39
OFK klublar reytingida «Bunyodkor» etakchilar qatorida

Osiyo futbol konfederasiyasi qit`a klublarining xalqaro maydondagi ishtirokiga oid yangi reyting joriy qildi.

OFK klublar reytinggi jamoalarning so`nggi to`rt yillik xalqaro musobaqalardagi natijalariga qarab tuzib chiqilgan. Unga ko`ra, Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi umumiy reytingning 9-pog`onasini band etgan. Bu degani, o`zbek klublari orasida “Bunyodkor” yaqqol peshqadamlik qilmoqda. 147ta klub joy olgan reytingda “Bunyodkor”dan tashqari mamlakatimizning yana beshta klubi joy olgan: “Paxtakor” (52), “Nasaf” (53), “Lokomotiv” (61), “Sho`rtan” (81), “Neftchi” (84).

Umumiy reytingni Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi boshqarib bormoqda. Janubiy Koreyaning “Seul” FK 2-o`rinni band etib turgan bo`lsa, kuchli uchlikni “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) yakunlagan.

“Bunyodkor”ning Osiyo Chempionlar ligasi “pley-off” bosqichidagi raqibi – BAAning “AlJazira” jamoasi reytingda 15-pog`onani egallab turibdi.

OFK klublar reytingining to`liq jadvali bilan ushbu HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.

Manba: www.fcbunyodkor.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1