1

Qo`qon — Butunjahon hunarmandlar festivali mezboni

Madaniyat 13.09.2019, 12:45
Qo`qon — Butunjahon hunarmandlar festivali mezboni

Qo`qon shahrida xalqaro hunarmandchilik festivalining asosiy tadbirlari boshlandi. Anjumanda 100 dan ortiq davlatdan faxriy mehmonlar, mohir hunarmandlar, taniqli madaniyat arboblari, san`atshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

O`zbekistonda xalq amaliy san`ati va hunarmandchilikning qadim an`ana va maktablari saqlanib qolgan. Yurtimizning deyarli barcha hududlarida o`ziga xos hunarmandchilik maktablari shakllanib, avloddan-avlodga o`tib kelmoqda. Bugungi islohotlar soha rivoji uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Har bir hunarmandlik mahsuloti o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ilk bor o`tkazilayotgan mazkur anjuman hunarmandchilikni keng targ`ib qilish, hunarmandchilik an`ana va maktablarini asrash, qayta tiklash, bu sohadagi ilmiy o`rganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, o`zaro tajriba almashish, iste`dodli hunarmandlarni rag`batlantirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida “Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi hunarlarning onlayn-ensiklopediyasi (ATP). An`anaviy qo`l mehnati buyumlari” loyihasining taqdimoti ham bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov, Jahon hunarmandlar kengashining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo`yicha prezidenti Gada Kaddumi xonim ishtirok etgan tadbirda mazkur festival xalqaro miqyosdagi do`stlik va hamjihatlik anjumani ekani ta`kidlandi.

Gada Kaddumi rahbarligida ishlab chiqilgan mazkur onlayn-ensiklopediyada Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 50 davlatning hunarmandchiligi tarixi, o`ziga xos jihatlari haqida ma`lumot berilgan. Gada Kaddumi xonimning ta`kidlashicha, ushbu loyiha madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash, xalqlarni bir-biriga tanitish, shu tariqa do`stlik, hamjihatlik va tinchlik o`rnatilishiga xizmat qiladi.

Festival doirasida o`tkazilayotgan madaniy-ma`rifiy tadbirlar xorijlik mehmonlarda katta taassurot qoldirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1