AsosiyMadaniyat

Toshkent va Samarqandda «Ozarbayjon kinosi kunlari» o`tkaziladi

'Toshkent va Samarqandda «Ozarbayjon kinosi kunlari» o`tkaziladi 'ning rasmi
21-28 sentyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida «Ozarbayjon kinosi kunlari» o`tkaziladi. Bu haqda «O`zbekkino» milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda ozarbayjonlik kinoijodkorlardan iborat bir guruh delegasiya vakillari ishtirok etadi. Kino kunlari doirasida ozarbayjonlik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar namoyishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 23 sentyabr kuni soat 16:00 da Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tadi. Seanslar vaqti e`lon qilinadi.

Samarqand shahridagi «Sharq yulduzi» kinoteatrida namoyish etiladigan seanslar vaqti:

25 sentyabr, chorshanba

15:00 — «Ozarbayjon kinosi kunlari» tadbirining ochilishi marosimi

15:30 — «Boku vaqt ko`zgusida» hujjatli filmi namoyishi (rejissyor Natalya Zavoznenko)

17:00 — «Stepnyak» badiiy filmi namoyishi (rejissyor Shomil Aliev).

26 sentyabr, payshanba

17:00 — «O`n alloma» hujjatli filmi namoyishi (rejissyor Odil Ozoy)

15:30 — «Anorzor» badiiy filmi namoyishi (rejissyor Ilg`or Najaf).

Qayd etilishicha, barcha seanslarga kirish bepul.

    Boshqa yangiliklar