AsosiyJinoyat
2618

Jo`natmalardagi psixotrop moddalar manziliga etib bormadi

'Jo`natmalardagi psixotrop moddalar manziliga etib bormadi'ning rasmi

Amaldagi tartiblarga ko`ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro pochta jo`natmalari orqali jo`natish taqiqlangan. Ammo shungaqaramay pochta jo`natmalari orqali tarkibida psixotropva narkotik moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini jo`natish holatlari tez-tez uchramoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tarkibida psixotrop va giyohvandlik moddalari mavjud bo`lgan dori vositalarinig respublikamizga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarini fosh qilishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan fuqarolarV.M. va O.T. nomiga yuborilgan pochta jo`natmalari bojxona ko`rigidan o`tkazilganda bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan, tarkibida psixotrop moddasi mavjud bo`lgan 30 dona “Zolpidem” hamda 60 dona “Fenazepam” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar