AsosiyMadaniyat

Tanlov g`oliblari Xitoyga sayohat qiladi

'Tanlov g`oliblari Xitoyga sayohat qiladi'ning rasmi

O`zbekiston – Xitoy munosabatlari o`zaro hurmat, tenglik, do`stlik va manfaatdorlik tamoyillari asosida kengaymoqda. Bunda ikki davlat rahbarlarining doimiylik kasb etgan muloqot va uchrashuvlari chog`ida erishilgan kelishuvlar muhim o`rin tutmoqda.

O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg`ona viloyati bo`limi, “Dono nashriyoti” mas`uliyati cheklangan jamiyati va Xitoyning O`zbekistondagi elchixonasi hamkorligida maktab o`quvchilari o`rtasida “Siz Xitoyni bilasizmi?” nomli tanlov tashkil etildi. Mazkur tanlovdan asosiy maqsad o`zbek yoshlarini Xitoy bilan yaqindan tanishtirish va o`zaro do`stlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat. “Bilimdon”, “Dono vord”, “Znayka” va “Excellent” jurnallarida Xitoy haqida viktorina savollari chop etildi. Unda 2 ming 500 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etib, o`z javobini yo`lladi. Hakamlar hay`ati tomonidan tanlovning 20 nafar g`olib va sovrindorlari aniqlandi.

Mazkur tanlovning 3 nafar g`olibi Xitoyning O`zbekistondagi elchixonasi homiyligida mazkur mamlakatga 7 kunlik bepul yo`llanmani qo`lga kiritdi. Ularni 31 avgust - 6 sentyabr kunlari Pekin, Shanxay shaharlarida qiziqarli sayohat kutmoqda.


    Boshqa yangiliklar