1

O`zbekiston o`rtoqlik o`yinida Iordaniyani mag`lub etdi

Sport 22.12.2014, 11:07
O`zbekiston o`rtoqlik o`yinida Iordaniyani mag`lub etdi

O`zbekiston milliy terma jamoasi BAAning Dubay shahrida Iordaniya terma jamoasi bilan o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi va so`nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g`alaba qozondi.

Birinchi bo`limning 15-daqiqasida Uday as-Sayfiy iordaniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 15 daqiqa o`tib Sardor Rashidov penaltidan hisobni tenglashtirdi.

O`yin tugashiga 2 daqiqa qolganida Rashidov uzatib bergan to`pni Vohid Shodiev darvozaga yo`llab, terma jamoamizga g`alaba keltirdi.

O`rtoqlik uchrashuvi
O`ZBEKISTON - IORDANIYa - 2:1 (1:0)
Gollar: Sardor Rashidov (30-pen.), Vohid Shodiev (88) — Uday as-Sayfiy (15)

Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1