AsosiyMadaniyat

​Toshkentda Jumaev nomidagi matematika olimpiadasi bo`lib o`tdi

'​Toshkentda Jumaev nomidagi matematika olimpiadasi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Poytaxtimizda “Qorako`l maktabi” asoschisi, O`zbekiston xalq o`qituvchi To`xtamurod Jumaev nomidagi ilk Qorako`l matematika olimpiadasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi axborrot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida” 2019 yil 3 maydagi qarori ijrosi doirasida o`tkazilayotgan olimpiadada respublikamizning barcha hududlaridan 1300 nafardan ortiq iqtidorli o`quvchilar ishtirok etishdi.

Olimpiadada adolat va shaffoflikni ta`minlash maqsadida 30 nafar ota-onalar ham bevosita sinovlar olinayotgan xonalarga taklif qilindi. Xalq ta`limi vazirligi va “Qorako`l Ziyo” o`quv markazi hamkorligida o`tkazilgan bellashuvda o`quvchilarning har biri 7 ballgacha baholanadigan 6 ta misol va masalalarni echishdi.

Natijalarni matematika fanidan muqaddam xalqaro va respublika olimpiadalarida ishtirok etib, g`oliblikni qo`lga kiritgan 30 nafar hakamlar hay`ati tekshirib bordi.

O`z ballaridan qoniqmagan o`quvchilar ustozlari va ota-onalari guvohligida appelsiya jarayoniga taklif qilindi va ularning echimlari muhokama etildi. Ochig`ini aytish kerak, ushbu jarayon xalqaro va respublika olimpiadalari sovrindorlari ishtirokidagi o`ziga xos mahorat darslariga aylanib ketdi.

Nihoyat kunning ikkinchi yarmida g`oliblarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Olimpiada g`oliblariga diplom va mukofotlarni Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Temurjon Komilov topshirdi.

    Boshqa yangiliklar