1

Norinlik ota bir yo`la 60 million so`m aliment pulini to`lab berdi

Jinoyat 18.09.2019, 14:56
Norinlik ota bir yo`la 60 million so`m aliment pulini to`lab berdi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Uchqo`rg`on tumanlararo sudining 2013 yil 8 yanvar kungi qaroriga ko`ra, Norin tumani “Tegirmonboshi” mahallasida yashovchi fuqaro D.Razzaqovdan undiruvchi M.Ilyaminova foydasiga 1 nafar farzandi moddiy ta`minoti uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Norin tuman bo`limi ish yuritiuvga olingan bo`lib, qarzdorning vaqtinchalik chetga chiqishi cheklangan.

Davlat ijrochisi tomonidan aliment mablag`larini vaqtida undirib berish bo`yicha chora-tadbirlar ko`rib kelingan. Ijro harakatlari davomida olib borilgan tushuntirishlar natijasida qarzdor D.Razzaqov haqdor M.Ilyaminovaga o`z farzandi uchun 18 yoshgacha bo`lgan davr uchun hisoblangan mablag`ni to`liq to`lab berdi.

Shu bois, mazkur ijro hujjati tugatildiva qarzdorning chetga chiqish cheklovi bekor qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1