AsosiyDunyo

Anqarada Suriyadagi inqirozni bartaraf etishga bag`ishlangan sammit bo`ldi (Video)

'Anqarada Suriyadagi inqirozni bartaraf etishga bag`ishlangan sammit bo`ldi (Video)'ning rasmi

Anqarada Rossiya, Turkiya va Eron davlat rahbarlari ishtirokida Suriyadagi inqirozni bartaraf etishga bag`ishlangan sammiti bo`lib o`tdi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Sammit ishtirokchilari muzokaralar konstruktiv ruhda o`tganini ta`kidlashdi. Rossiya tomoni Suriyaning hududiy yaxlitligini ta`minlash borasidagi majburiy shart saqlanib qolganini ta`kidladi. Prezident Vladimir Putin Amerika qo`shinlarining tez orada Suriyadan olib chiqib ketilishiga umid qilayotganini ma`lum qildi.

U AQSh qo`shinlarining bu erda bo`lishi noqonuniy ekanligini aytib o`tdi. O`z navbatida Turkiya prezidenti Rajep Toyib Erdog`an suriyalik qochoqlarning bir qismini ortga qaytarish imkoniyati mavjudligi haqida ma`lum qildi. Rasmiy Anqara Suriya hududida tashkil etmoqchi bo`layotgan xavfsiz hududga hozirda Turkiyada istiqomat qilayotgan 2 millionga yaqin suriyalik qochoqlarni joylashtirishni rejalashtirgan.

Boshqa yangiliklar